Toshkentda qilochbozlik bo’yicha Markaziy Osiyo bolalar ochiq chempionati start oldi

Toshkentda qilochbozlik bo’yicha Markaziy Osiyo bolalar ochiq chempionati start oldi
Poytaxtimizda joriy yil 16-21 dekabr kunlari o’tkazilayotgan Markaziy Osiyo ochiq chempionati doirasida bugun sablya bo’yicha yakkalik musobaqalari bo’lib o’tadi. Eslatib o’tamiz kunning birinchi yarmida 2O12 yilda tug’ilgan va undan kichik yoshdagi atletlar
(o’g’il bolalar va qizlar) va kunning ikkinchi yarmida 2010 yilda tug'ilgan sportchilar (o’g’il bolalar, qizlar) birinchilik uchun kurash oloib boradi.  Musobaqalarda Qozog’iston, Birlashgan Arab Amirliklari hamda O’zbekiston qilichbozlari ishtirok etadi.

Qilichbozlik bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq turnirining ilk kunida 2012 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi “U-11” o‘g‘il bolalar, qizlar hamda 2010-yilda tug‘ilgan - "U-13" yosh toufasidagi sportchilar sablya turida yakkalik hisobida bellashdi.
Ta’kidlash joizki, 11 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda Toshkent shahar qilichbozlik Мilliy klubi qilichboz qizlari eng kuchli deb topilib, g‘oliblik shohsupasidan barcha sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Yakuniy natijalar; “U-11”, qizlar - National Club:
1. Mirzaeva Lola
2. Abduzhabborova Solixa
3. Dadiljonova Madina
3. Makarova Sofiya
"U-11", O'g'il bolalar:
1. Maksetov Diyorbek - Qoraqalpog'iston
2. Embergenov Atabek -Qoraqalpaqstan
3. Akramjonov Zafarbek - Milliy klub
3. Shakarov Ro'zimurod-Jizax