Yosh qilichbozlarimiz o’smirlar o‘rtasidagi sablya bo‘yicha ochiq turnir g‘olib bo‘ldi

Yosh qilichbozlarimiz o’smirlar o‘rtasidagi sablya bo‘yicha ochiq turnir g‘olib bo‘ldi
Kuni-kecha Chimkent shahrida (Qozog'iston) Felinskiy turniri bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilari ishtirok etishdi.
Quvonarlisi yosh qilichbozlarimiz g‘alaba shohsupasidan sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Shunday qilib, qizlar o‘rtasida O‘zbekiston sportchisi Qurbonova Karina barcha raqiblarini mag‘lub etib, eng nufuzli 1-o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo’ldi. Yana bir sablyachi qizimiz Shamuratova Oygul bronza medalini qo’lga kiritib,
3-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Azizbek Karimbaev ham 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga ega bo’ldi.
Ayni kunlarda Qozog‘istonda qilichbozlik bo’yicha Felinskiy sharafiga turnir o‘tkazilgan musobaqada rapira yonalishidagi
sportchilarimiz ham shaxsiy, ham jamoaviy bahslarda bir qator g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 2004y. yig’ilgan va undan kichik yoshdagi bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazildi.
Quvonarlsi, rapirachi qilichbozimiz Azamat Muhamedov qozog‘istonlik raqibi Nurumov Emirni 15:10 hisobida mag‘lub etib, turnirning mutlaq chempioniga aylandi.
O’smirlar orasida esa, finalda qozog‘istonlik raqibiga 15:13 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirning kumush medali sohibiga aylangan hamyurtimiz Azamat Muhamedovga yo‘l bergan Sulaymon Rahmonov turnirning bronza medaliga ega bo’ldi.
Umumjamoa bahsida rapirachilarimiz Muhamedov A., Raxmonov S., Salak R., Po‘latov S. finalda Qozog‘iston terma jamoasini 45:39 hisobida mag’lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Jamoaviy musobaqa natijalari:
1.O'zbekiston 1
2.Qozog'iston 1 
3.Qozog'iston 2 
Barcha sportchilar va murabbiylarimizni tabriklaymiz.