O'zbekiston qilichboz qizlari yana bir bor o'z ustunliklarini namoyish etishdi

O'zbekiston qilichboz qizlari yana bir bor o'z ustunliklarini namoyish etishdi
Antaliyada qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Qayd etish joizki, qilichbozlarimiz bu safar ham bir qator yorqin g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi.

Bugungi jamoaviy dasturda sablyachi qizlarimiz terna jamoadi muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha raqib jamoalaridan ustun keldi. Yarim final bosqichida qilichbozlarimiz Polsha terma jamoasini 45:33 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, finalda Italiya terma jamoasini 45:37 hisobida engib, g’alaba shoxsuppasining eng yuqori pog’onasini egallashdi.
Jamoaviy yo‘nalishda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Fernanda Herrera, Guliston Perdiboyeva, Nargiza Jaksiboyeva vaJumamuratova Ayako’z chiqish qildi. 
Eslatib o‘tamiz, yakalik dasturda O‘zbekiston vakili Fernanda Errera bronza sovrinini qo‘lga kiritdi.