Jahon Kubogi bosqichida qilichboz sportchimiz Radmir Semeneyev sovrindorlar qatorida

Jahon Kubogi bosqichida qilichboz sportchimiz Radmir Semeneyev sovrindorlar qatorida
Xabaringiz bor Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi oʻtkazilmoqda. Bugun musobaqaning birinchi kuni doirasida yakkalik yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Radmir Semeneyev sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yarim finalda qozogʻistonlik raqibiga imkoniyatni boy bergan yurtdoshimiz bronza medali bilan taqdirlandi. Qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda ikki nafar sportchimiz chorak finalgacha yetib borishdi. Gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:
Yigitlar:
1. Akos Pirk (Slovakiya)
2. Galim Nurumov (Qozogʻiston)
3. Radmir Semeneyev (Oʻzbekiston)
3. Arpad Fazekas (Slovakiya)
Qizlar:
1. Anastasiya Beznosikova (Xalqaro neytral sportchi)
2. Andrea Dinka (Ruminiya)
3. Sofiya Aktayeva (Qozogʻiston)
3. Mariya Teoroyesku (Ruminiya)