Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston Respublikasi kubogi start oldi

Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston Respublikasi kubogi start oldi
Bugun poytaxtimiz Toshkentda qilichbozlik sporti (sablya, shpaga, rapira) turlari bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida O’zbekiston kubogi musobaqasiga start berildi. 
Musobaqani o’tkazish dasturiga muvofiq turnirning ilk kunida respublikamizning turli viloyatlari hamda Qoraqalpog’istondan kelgan jami 70 nafar atletlar (shundan 29 nafar qizlar) sablya yo’nalishidagi yakkalik bahsida mamlakat birinchiligi uchun kurash olib borishmoqda.
Eslatib o’tamiz, mazkur musobaqa joriy yil 21-30 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Paxtakor” sport majmuasida joylashgan “Yoshlik” va “Paxtakor” qilichbozlik zallarida bo’lib o’tadi.