Sablyachi yigitlarimiz jamoasi Jahon Kubogi kumush medaliga sazovor bo’ldi

Sablyachi yigitlarimiz  jamoasi Jahon Kubogi kumush medaliga sazovor bo’ldi

Tunisda yoshlar toifasida sablya bo’yicha yigitlar o‘rtasida bo’lib o’tgan Jahon kubogi jamoaviy musobaqasida O’zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi o’rinni egalladi. 
Eng shiddatli janglarda Bolgariya, Franciya kabi barcha kuchli raqib jamoalarni engib o’tgan yigitlarimiz, final bahsida Ruminiya terma jamoasiga 45:39 hisobi bilan g’alabani boy berishdi. 
Shu tariqa terma jamoamiz tarkibi Abdazov Islambek,
Aymuratov Musa,
Dauletnazarov Azizbek,
Kodirov Zuhriddin JK g’alaba shohsupasining ikkinchi pog’onasiga ko’tarilib, kumush medalga sazovor bo’ldi.