O‘zbekistonlik qilichboz qizimiz Murzataeva Dilnaz jahon Kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi Avval xabar berganimizdek, 2023 yil 1-6 noyabr kunlari San-Salvadorning El-Salvador

O‘zbekistonlik qilichboz qizimiz Murzataeva Dilnaz jahon Kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Avval xabar berganimizdek, 2023 yil 1-6 noyabr kunlari San-Salvadorning El-Salvador shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi, ushbu bosqichda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Murzatayeva Dilnaz eng yaxshi natijani ko‘rsatib, barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Yarim final bahsida Dilnaz hamyurtimiz Bibimaryam Saparovaga qarshi kechgan bahsda 15:14 hisobida zafar quchdi. Va, finalda Murzataeva puerto-rikolik sportchi Uoller Del Valle Alanis С. ni yirik hisobda mag'lub etdi. Hisob -15:7.
Eslatib o‘tamiz, qilichbozimiz Dilnaz Murzataeva o‘zbek qilichbozlik tarixida ilk bor joriy yil yozida bo’lib o’tgan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 
Shuningdek, JKning ushbu bosqichida qilichbozimiz Bibimaryam Saparova uchinchi o‘rinni egallab, musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qilichbozlarimizni yorqin g'alabalari bilan tabriklaymiz!