Bugun Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo Kubogi start oldi

Bugun Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo Kubogi start oldi
Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasi hamda O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi sport va xalqaro ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2023 yil uchun kalendarь rejasiga muvofik, 2023 yil  9-12 sentyabrь kunlari Toshkent shaxrida qilichbozlik sportining sablya va rapira turi buyicha yoshlar (kadetlar) o‘rtasida Osiyo Kubogi o‘tkazilmoqda.
Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun mamlakatimizga Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Xindiston kabi davlatlardan yosh mahoratli qilichbozlar tashrif buyurdi. 
Mazkur musobakada O‘zbekistonlik yosh qilichbozlarimizdan qariyb 80 nafar sportchilar rapira va sablya yo‘nalishida baxs olib boradi. 
Biz ularga yorqin g‘alabalar tilaymiz