Qilichbozlarimiz xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inlariga yo’l olishdi

Qilichbozlarimiz xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inlariga yo’l olishdi

Bugun Qilichbozlikning sablya bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Italiyaning Fraskata shahrida 2023 yil 1-18 sentyabr kunlari bo’lib o’tayotgan xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inida ishtirok etish uchun Italiyaga jo’nab ketdi. 
Shuningdek qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a'zolari 2023 yil 2-18 sentyabr' kunlari Rossiya Federatsiyasining Kursk shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yiginida ishtirok etmokda.
Jumladan qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a'zolari esa joriy yil 6-18 sentabr kunlari Qozog’stonning Alma-Ata sh.da tashkil etilgan xalqaro yig’inda ishtirok etadi. 

Deyarli 2 hafta davom etadigan mazkur xalqaro o’quv-yig’nlar mashg’ulotlari, asosan qilichbozlarimiz uchun Xitoyda bo’lib o’tadigan Osiyo o’yinlariga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda sportchilarning mahorati va tajribasini oshirishga xizmat qiladi.