Qoraqalpog'istonlik qilichbozlar onlayn Kubok shohsupasidagi barcha o’rinlarini egashdi

Qoraqalpog'istonlik qilichbozlar onlayn Kubok shohsupasidagi barcha o’rinlarini egashdi

 

Bugun onlayn tarzda qilichbozlik bo'yicha O’zQF Kubogi g'oliblari aniqlandi.

Shuni ta'kidlash kerakki, erkaklar o'rtasidagi musobaqada shohsupadagi barcha sovrinlarni Qoraqalpog'istonning qilichbozlari olishdi.

Shunday qilib, final musobaqasida Sherzod Mamutov birinchi o'rinni egalladi va onlayn-turnirning oltin medaliga sazovor bo'ldi. Kumush medal Fazil Genjiboyevga, bronza medallar esa Allaniyoz Yeshanov va Azizbek Davletnazarovga nasib etdi.

Qizlar o'rtasidagi final bosqichi musobaqasida eng yaxshi natijani qoraqalpog'istonlik Zaynab Daybekova ko'rsatdi va oltin medal bilan taqdirlandi. Kumush medal esa Toshkentlik Sevinch Ismoilovaga nasib etdi. Shahnoza Tog'aymuratova (Toshkent) va Aysilu Usnatdinova (Qoraqalpog'iston) bronza medallari sohibi bo'lishdi.

Shunday qilib, O’zbekiston qilichbozlik Federatsiyasi tomonidan kattalar orasida tashkil etilgan onlayn qilichbozlik Kubogi yakunlandi. 

Mazkur onlayn turnirng barcha g'oliblarini tabriklaymiz!

 

FFU matbuot xizmati