TUG‘ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

TUG‘ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi nomidan qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi Yuldashev Erkinjon Arabbayevichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, uzoq umr va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Farzandlaringiz o‘z yutuqlari, shogirdlaringiz esa xalqaro sport maydonlaridagi yuksak natijalari bilan Sizni doimo quvontirsin!

Yurtimiz qilichbozligi rivoji yo‘lidagi sharafli va mashaqqatli mehnatingizda yangi zafarlar hamda ulkan marralar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi