Shpaga bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi!
Shpaga bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi!
Yosh qilichbozlar o‘rtasida kechgan shpaga yo‘nalishidagi jamoaviy bellashuvlar yana bir bor kuch, birdamlik va haqiqiy sport xarakterini namoyon etdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun oxirigacha kurashdi va musobaqa hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.
Yakuniy natijalar:
O‘g‘il bolalar jamoalari:
1. Andijon 1
2. Toshkent viloyati
3. Buxoro va Navoiy
Qiz bolalar jamoalari:
1. Navoiy
2. Toshkent viloyati
3. Samarqand 1 va Guliston
Bu natijalar — jamoaviy hamjihatlik, ishonch va mashaqqatli mehnat mevasi. Har bir jamoa maydonda o‘zining kuchi va irodasini namoyon etdi.
Barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz!
Oldinda yanada yirik g‘alabalar va yorqin zafarlar yor bo‘lsin!


