Yosh qilichbozlarning g‘alaba sari dadil qadamlari!

Yosh qilichbozlarning g‘alaba sari dadil qadamlari!

Ayni kunlarda Jizzax shahrida 
13 yoshgacha bo‘lgan yosh qilichboz o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqa doirasida shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bellashuvlar o‘ta keskin va murosasiz bahslar asosida kechdi.

Har bir jangda matonat, iroda va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq namoyon bo‘ldi. Natijada eng munosib sportchilar shohsupaga ko‘tarildi.

Shpaga bo‘yicha yakkalik musobaqasi g‘olib va sovrindorlari:

O‘g‘il bolalar:
1. Ruzibayev Hurshid — Toshkent viloyati
2. Aleksandrov Oskar — Milliy qilichbozlik klubi
3. Alijonov Ozodbek — Guliston
3. Ikramov Sulaymon — Andijon OPSTTM

Qiz bolalar:
1. Serikboyeva Elvira — Navoiy
2. Nazarova Efsun — Toshkent viloyati
3. Ubaydullayeva Rayxonoy — Andijon
3. Begalova Sevara — Navoiy

Barcha g‘olib va sovrindorlarni, ularning murabbiylari hamda ota-onalarini samimiy tabriklaymiz!