Bugunning yosh chempionlari — Yangi O‘zbekiston faxri!

Bugunning yosh chempionlari — Yangi O‘zbekiston faxri!

Bugun Jizzax shahrida 13 yoshgacha bo‘lgan yosh qilichboz o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati doirasida rapira yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvlar nafaqat g‘oliblarni, balki katta orzular sari dadil qadam tashlayotgan yosh iste’dodlarni ham namoyon etdi.

 G‘olib va sovrindorlar:
O‘g‘il bolalar:
1.Mustafayev Selimxon —Farg‘ona
2. Ahmadov Muhammadqodir —Farg‘ona OPSTTM
3. Abdujaliev Abdurashid —Qoraqalpog‘iston
3. Bisengaliev Shohruhbek — Qoraqalpog‘iston

Qiz bolalar:
1. Tashimova Rayana — Toshkent
2. Kuzikova Ulyana — Toshkent
3. Salihova Zarina — Toshkent
3. Qodirova Sarvinoz — Farg‘ona

Qilichboz yosh chempionlarning ko‘zida — ishonch, yuragida — g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, har bir harakatida esa mehnat va intizom mujassam. Bugungi kichik g‘alabalar ertangi katta yutuqlarning poydevoridir.

Barcha sportchilarni, murabbiylarni va ota-onalarni chin dildan tabriklaymiz!