Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, aholini ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida Nukus shahrida “Yoshlar festivali” o‘tkazildi.

Festival doirasida sportning velosport hamda mini-futbol turlari bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Velosport musobaqasida 100 nafardan ziyod yoshlar qatnashdi.

Shuningdek, “Yoshlar festivali” doirasida mini-futbol bo‘yicha ham musobaqa o‘tkazildi. Unda qariyb 120 nafar yoshlar qatnashdi. Musobaqa yakunida 1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston davlat universiteti jamoasi egalladi. 2-o‘rin esa Nukus davlat pedagogika instituti jamoasiga nasib etdi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali jamoasi 3-o‘rin bilan cheklandi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar Nukus shahar hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.