Toshkent viloyatida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish ishlari amalds

Joriy yilning 20-21-yanvar kunlari Toshkent tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida Milliy gvardiya xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Respublika birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha hududlarida sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, 21-yanvar kuni Mudofaa vazirligiga qarashli Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi, Zangiota tumani sport bo‘limi va bolalar-o‘smirlar sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman IIB bilan hamkorlikda arqon tortish, armrestling, mini futbol, stol tennisi, turnikka tortilish sport turlari bo‘yicha harbiy xizmatchilar hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida yirik musobaqa o‘tkazildi.

Shuningdek, joriy yilning 20-21-yanvar kunlari Toshkent tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida Milliy gvardiya xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Respublika birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Navoiy, Buxoro viloyatlari, Chirchiq shahrining jamoalari g‘oliblik uchun bellashishdi.

Yakunda musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lganlar hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlandilar.

Jismoniytarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati