O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
 
Кunning 2-yarmida esa professional futbol maktablari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan maktab-internat o‘quvchilari Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev tomonidan medal, diplom va sport formalari taqdim etildi.

 

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida vazir viloyatdagi sport inshootlarining holati, aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish darajasi, yangi sport bazalari va sport muassasalarida tarbiyalanayotgan yoshlarning sharoitlari bilan tanishdi. Jumladan, G‘ijduvon tumanidagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham bo‘ldi. Tashrif davomida D.Nabiyev maktab-internatda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, maktab-internatda amalga oshiriladigan muhim rejalar haqida suhbatlashildi.

Kunning 2-yarmida esa professional futbol maktablari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan maktab-internat o‘quvchilari Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev tomonidan medal, diplom va sport formalari taqdim etildi. Bu rag‘bat esa ertamiz egalarini yangi g‘alabalar sari ruhlantirishiga aslo shubha yo‘q.

Bundan tashqari, tadbirda "G‘ijduvon PFK" xususiy futbol jamoasi rahbari Maʼmurjon Otaqulov hududda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdagi ulkan xizmatlari uchun "Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taʼkidlash kerak, xususiy tadbirkor Maʼmurjon Otaqulov tumanda futbol sport turini rivojlantirish maqsadida o‘z hisobidan homiylik yordami ko‘rsatib kelmoqda. Yangi mavsumda “G‘ijduvon PFK” O‘zbekiston 1-liga musobaqalarida qatnashishni maqsad qilgan.

 minsport.uz