«Kim vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” shiori ostida sport festivali

Namanganda «Kim vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” shiori ostida sport festivali oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Respublikamiz boʻylab ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Ommaviy sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini faol targʻib qilish, aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb qilish maqsadida Namangan viloyati Pop tumanida “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi munosabati bilan «Kim vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” shiori ostida «Harbiy sport festivali” oʻtkazildi.

Ushbu sport festivali Pop tumanidagi 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida tashkil etildi. Festivalga tumandagi yoshlar, sportchilar, harbiylar hamda nuroniylar tashrif buyurishdi.

Harbiylar va yoshlar sportning armrestling, arqon tortish, turnikda tortinish, tosh koʻtarish, 100 metrga yugurish musobaqalarida ishtirok etishgan boʻlsa, harbiy qismlarning jangovar chiqishlari, harbiy qurol-aslaxalarning koʻrgazmalari, lotereya oʻyinlari, mahalla va tashkilotlar kesimida osh chempionatlari festivalga yigʻilganlarda katta taʼsurot qoldirdi.

Tadbir soʻngida bellashuv ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati