“Islohotlar amalda”: koʻzguda Jizzax viloyati, “Oʻzbekiston-24” telekanalida tomosha qilamiz

“Islohotlar amalda”: koʻzguda Jizzax viloyati, “Oʻzbekiston-24” telekanalida tomosha qilamiz

 

Yaqinda “Sport” teleradiokanali ijodkorlari mamlakatimizning Jizzax viloyatida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va yurtdoshlarimizni jismoniy madaniyatga oʻrgatish, hududda sport infratuzilmasini mustahkamlash hamda yoshlarga sportda oʻz iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Islohotlar amalda” maxsus koʻrsatuvini tasvirga olishgan edi. Ushbu koʻrsatuv bugun, 29-oktyabr kuni soat 11:15da “Oʻzbekiston-24” telekanali orqali efirga uzatiladi.

 

Axir aytishadiku, “ming bora eshitgandan bir bor koʻrgan afzal” deb. Shunday ekan, Jizzax viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishishni istasangiz, “Oʻzbekiston-24” telekanalida hoziroq “Islohotlar amalda” koʻrsatuvini tomosha qiling.

 

 

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati