Yosh qilichbozlar yig’ini "Shirinbuloq"da

Avval xabar berganimizdek, qilichbozlarning kadet-o'smirlar jamoasi Toshkent viloyatining eng go'zal va tog'li hududida joylashgan "Shirinbuloq" sport bazasida o’quv mashg'ulotlar yig’inini o'tkazishmoqda.

Ta'kidlash joizki, ushbu sport bazada yosh qilichbozlarimiz kunni toza havoda ertalabki badantarbiya mashqlar bilan boshlashadi.
Sportchilarning yaxshi ovqatlanishlari va yashashlari uchun bu erda barcha qulay sharoitlar yaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Yakkakurashlar Respublika sport oliy mahorat maktabi ko’magida Qilichbozlik federatsiyasi  tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur yig’indan ko’zlangan maqsad - iqtidorli yosh sportchilarni saralash, Osiyo chempionatlari va Jahon kuboklarida, shuningdek, muhim xalqaro qilichbozlik turnirlarga sifatli tayyorgarlik ko’rishdan iborat. 

E’tiboringizga  "Shirinbuloq" sport bazasida bo’lib o’tayotgan qilichbozlarimiz o’quv - mashg'ulotlar yig’ini haqidagi vidio-reportajni havola etamiz. 

O’zQF matbuot xizmati