Kutib oling, #uydaqol! # hayotgaqoʻshil! chellenji qaytmoqda

Chellenjda faol qatnashing hamda qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiriting!

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishni keng targʻib qilish maqsadida yana #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjini oʻtkazishga qaror qildi. Chellenjda qatnashish orqali siz nafaqat oʻz salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki qimmatbaho sovgʻalarni yutib olishingiz mumkin.

Buning uchun siz:

1) uyda oila aʼzolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda oʻzingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;

2) Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.

Videoroliklarni baholashda quyidagi mezonlarga eʼtibor qaratiladi:

taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila aʼzolari uy sharoitida sport bilan shugʻullanish jarayoni aks etganligi;

uyda sport bilan shugʻullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;

videorolikning sifati;

ishtirokchi(lar) uyda qolib sport bilan shugʻullanishga daʼvat etgan (chaqiriq) boʻlishi;

videoroliklar 3 daqiqadan oshmasligiga eʼtibor qaratiladi.

Chellenjga joriy yil 3-avgustdan qayta start berilib, to 27-dekabrga qadar davom etadi va gʻoliblar har hafta aniqlanib, taqdirlab boriladi.

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida faol ishtirok eting hamda sovgʻalarni qoʻlga kiriting.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati