Oʻzbekiston Superligasi 8-tur: qiziqarli qarama-qarshiliklar guldastasi

Ertaga, 6-iyul kuni Oʻzbekiston Superligasining 8-tur oʻyinlariga start beriladi va shu kuni tur doirasidagi 3 ta bahs oʻtkaziladi.

Dastlab, muxlislar bu yilgi mavsumda 7 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsada, gʻalaba nimaligini bilmay kelayotgan “Qizilqum” – “Andijon” qarama-qarshiligiga guvoh boʻlishadi.

“Qizilqum” – “Andijon”.
Navoiy shahri, "Yoshlar" sport majmuasi.

Hakamlar: Akobirxoʻja Shukurullayev, Jalgʻasbay Sarsenov, Damir Iskanderov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Andrey Tambovsev
Komissar: Ramil Ilyasov.

Shu kuni Toshkentda “Lokomotiv” – “Surxon” bahsi ham oʻtkaziladi. Aslida bu uchrashuv Termiz shahrida boʻlib oʻtishi kerak edi, ammo Surxondaryo “qizil” hudud boʻlganligi uchun oʻyinni poytaxtda oʻtkazishga qaror qilindi. Tomonlarning ikkinchi davradagi bahsiga esa Termiz shahri mezbonlik qilishi belgilandi.

“Lokomotiv” – “Surxon”.
Toshkent shahri, “Lokomotiv” stadioni.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Artyom Kalinin, Sultonmurod Ulfatov, Naim Qosimov 
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Restartdan soʻng uncha-muncha raqiblarini “koʻrdim demay” magʻlubiyatga uchratayotgan Bekobodning “Metallurg” klubi bu turda “Nasaf” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Turnir jadvalida yuqori oʻrinlar uchun kurash olib borayotgan jamoalar bahsiga Qarshi shahrida boʻlib oʻtadi.

“Nasaf” – “Metallurg”.
Qarshi shahri, “Markaziy” stadioni.

Hakamlar: Aziz Asimov, Shohruh Aʼzamov, Sardor Nishonboyev, Shuhrat Rajabov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Jahongir Rahmatullayev.

Turning qolgan 4 ta bahsi 7-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Shu kungi bahslar bu mavsumda magʻlubiyatga uchramagan yagona klub AGMK va turnir jadvalida 3-oʻrinda borayotgan “Qoʻqon-1912” jamoalarining oʻzaro hisob-kitob qilishi bilan boshlanadi.

AGMK – “Qoʻqon-1912”.
Olmaliq shahri, “OKMK” sport majmuasi.

Hakamlar: Temur Toʻxtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Gʻayrat Joʻrayev
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Axmed Tillayev.

Shuningdek, shu kuni “Soʻgʻdiyona” bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev oʻz shogirdlarini oʻzi murabbiylik qilgan sobiq jamoasi “Buxoro”ga qarshi maydonga olib chiqadi. Jizzaxda oʻtkaziladigan bahsda buxoroliklar oʻzlarining mavsumdagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritish uchun ter toʻkadi.

“Soʻgʻdiyona” – “Buxoro”.
Jizzax shahri, “Soʻgʻdiyona” stadioni.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Timur Galeyev, Doniyor Saylavov, Komil Rasulov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Zohirjon Akramxonov.

Oxirgi 4 ta oʻyinda 2 bor gʻalaba qozongan “Bunyodkor” va oxirgi 4 ta oʻyinda umuman magʻlub boʻlmagan “Navbahor” oʻrtasidagi uchrashuv ham 7-iyul sanasiga belgilangan. Kamida OCHL yoʻllanmalari uchun kurashayotgan jamoalarning asl kuchini Toshkentda “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadigan bahs koʻrsatib beradi.

“Bunyodkor” – “Navbahor”
Toshkent shahri, “Bunyodkor” stadioni.

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Alisher Toʻxtasinov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Laziz Qoʻchqorov.

8-turga “Paxtakor” – “Mashʼal” qarama-qarshiligi bilan yakun yasaladi. Eʼtiborlisi, bu bahsning ham mezboni majburiy ravishda oʻzgartirilgan. Aslida uchrashuv Muborak shahrida oʻtkazilishi belgilangan edi. Ammo, hudud “qizil” toifaga kiritilganligi uchun oʻyinni Toshkent shahrida oʻtkazish boʻyicha qaror berildi.

“Paxtakor” – “Mashʼal”.
Toshkent shahri, “Paxtakor” stadioni.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxoʻja Shavkatov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Sherzod Rajabov.

8-turdan oldin Superliga turnir jadvali quyidagicha koʻrinish olgan:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati