Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jurnalistlar uchun maxsus tanlov eʼlon qilmoqda

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etilganligining 65 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 65 yoshda” nomi ostida maxsus tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarixi, jismoniy tarbiya va sport, ilm-u maʼrifat hamda taʼlim-tarbiya sohasidagi yutuqlarni keng yoritish, universitetda koʻp yillar faoliyat koʻrsatgan, ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtgan fidoiy ustozlar, sportchilar, sportchi-talabalar toʻgʻrisida jamoatchilikni keng tanishtirishdan iborat.

Ushbu tanlovning gʻolib va sovrindorlari yakunda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadilar. Tanlov shartlari bilan quyidagi havola orqali toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati