Bahodirlar oʻyinlari boʻyicha mamlakat birinchiligi boʻlib oʻtadi

Pandemiya davrida aholini jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish hamda bahodirlar oʻyinlari sport turini yana-da ommalashtirish maqsadida onlayn Oʻzbekiston birinchiligi boʻlib oʻtadi.

Joriy yilning 30-may - 2-iyun kunlari onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan mazkur musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha viloyatlar jamoalari ishtirok etishlari mumkin. Musobaqalar xalqaro federatsiya qoidalariga asosan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston onlayn birinchiligida qatnashishni xohlovchi sportchilar 16 yoshga toʻlgan va undan katta boʻlishlari shart. Shuningdek, musobaqada qatnashish istagidagi jamoa aʼzolari kattalar, yoshlar va faxriylar oʻrtasida har bir vazn toifasida bir nafar sportchi yoki bir vazn toifasida ikki nafar sportchi bilan qatnashish huquqiga ega. Musobaqa yakuniga koʻra 1-2-3-oʻrinlarni egallagan sportchilar medal, diplom hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati