Taekvondo ITF: 10 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza yoxud 23 ta sportchi, 23 ta medal

 

Mamlakatimizda sport sohasiga berilayotgan eʼtibor tahsinga loyiq. Ushbu eʼtibor natijasi sportchilarimiz erishayotgan yutuqlarda ham namoyon boʻlmoqda.

Bunga misol tariqasida Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Mirobod tuman 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari yaqinda xalqaro onlayn musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishganligini koʻrsatish mumkin.

Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasi tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab “Rossiya onlayn kubogi” tashkil qilindi. Mazkur musobaqada 9 ta davlatdan 6 000 nafarga yaqin sportchi qatnashdi.

Ushbu onlayn xalqaro musobaqada ishtirok etgan 23 nafar sportchimizning barchasi sovrinli oʻrinlardan joy olishdi. Taʼkidlash joiz, onlayn musobaqada vakillarimiz 10 ta oltin, 6 ta kumush hamda 7 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

 

Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad yor boʻlishini tilab qolamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati