Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar

Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar

Futbol ekipirovkalaridagi raqamlar an’anasi 80 yildan beri mavjud – birinchi raqamlar 1928 yili “Chelsi” va “Arsenal” maykalarida paydo bo’lgan. Ushbu tajriba 10 yildan keyin mustahkamlandi. Hozirda esa bu o’yinchilarning o’zini ko’rsatishi, shu bilan birga ko’plab futbol yulduzlarini ajratib turadigan belgisidir.

Hozirgi kunda esa o’zingizga mashxur futbol klublarining futbol futbolkasini yoki butun formasini internet orqali, uydan chiqmasdan, buyurtma qilishingiz mumkin, xatto 2016/2017 mavsumnikini ham.

1928 yil 13 oktyabr kuni tarixda birinchi marta futbolchilar maykasida raqamlar ishlatildi. Match protokollariga ishonadigan bo’lsak, London futbolchilari “Arsenal” va “Chelsi” o’yinchilarining bellari 1 dan 11 gacha raqam bilan belgilab chiqilgan bo’lgan.

 

1-11

1-11

Raqamlar ishlatilishining zamonaviy nazariyasiga qarganda, futbolchi o’zi uchun istagan raqamini tanlashi mumkin. Biroq, 90-yillarning o'rtalariga qadar, FIFA qoidalariga binoan, har bir asosiy o’yinchi faqatgina 1 dan 11 gacha bo’lgan raqamdan biriga ega bo’lishi shart edi. Raqam, aniq biror match uchun belgilangan bo’lgan, bu haqida protokollarda yozib qoldirilgan. Shunday qilib, o’yinchilar doimiy bir raqamga ega bo’lmagan va biror bir raqamni tanlash ikmoniyati, faqat trenerga tegishli bo’lgan.

 

1-99

1-99 Suratda 90 yillar komandasi emas, shunchaki raqamlash an’anasiga misol

90-yillar o’rtasida FIFA Ijrokomi bir qator eksperimentlardan so’ng ushbu normani bekor qildi (bu1994 yil AQShdagi Jahon chempionatida bo’lgan). Bu mantiqan, yengi qoidani kiritilishi edi. Unga ko’ra futbol klubidagi barcha o’yinchilarga rasmiy doimiy raqamlar berilishi bo’ldi. Bu tajriba shimoliy amerika sport turlari namunasiga muvofiq amalga oshirildi.

Maydondagi o’yinchilarning joylashuviga qarab doimiy raqam berish an’anasi shu yerda ham o’z izini qoldirdi:

Qoidaga ko’ra,1 raqami (kamdan kam “0”, bazida umuman raqam bo’lmasligi) – darvozabonniki bo’lgan. Biroq taxirga nazar tashlasak 1 raqamli o’yinchilar maydonda yugurganiga ham guvoh bo’lamiz. Masalan, “Charlton”dan Styart Belmer, “Slim Uonders”dan Jo Brinket, “Partizan”dan Simon Vukchevich yoki AEK dan Pantelis Kafes.

 

2-6 raqamlari deyarli har doim himoya qiluvchi ishtirokchilarga berilgan –himoyachilar va yarimhimoyachilarga.

6-9 raqamlari odatda markaziy zona o’yinchilarida kuzatiladi, lekin ular xujumchilarga yaqinlarida bo’ladi. Futbol analitiklari orasida, xattoki, taktik termin mavjud “qalbaki 9”. Bu xujum qilish zonasidagi ishtirokchini “xujumchi ortida” – boshqa o’yinchilar xujum qilishi uchun markaziy zonani bo’shatib beruvchini anglatadi. Ushbu vazifani ko’pincha, masalan, Leo Messi (uning raqami 10) bajaradi.

10 (11) raqamiga doir o’zining “an’ana ichidagi an’ana”si mavjud. Ular odatda asosiy xujumchiga, yoki boshqa muhim o’yinchiga beriladi.

Endi raqamlar haqida bazi qiziqarli faktlar:

Chili forvardi Ivan Samorano, milanning “Intera” o’yinchisi bo’lganida 18 raqami bilan tajriba qilgan. U 1 bilan 8 raqami o’rtasiga qo’shuv "+"  belgisini qo’ygan va bu bilan bu uning raqami 9 ekanligini ko’rsatmoqchi bo’lgan (unda 9 raqami braziliyalik Ronaldoda edi).

 

Shotlandiyaning “Aberdin”ida Xisham Zeruali ismli qiziq o’yinchi bo’lgan, qiziqligi shundaki u 0 raqamli futbolkada o’ynagan. Buning sababi uning muxlislari unga “Zero” laqabini berishgan.

 

7 raqami ositda taqdirini vaqtinchalik Andrey Shevchenko olgan. 1999 yilda “Milan”ga kelganida, uning sevimli 10 raqami Zovonir Bobanda edi. Bunday qiyin masala yechimini topish uchun yordamga fransuz Ibragim Ba keldi. U “Sheva” so’zi ivritda “yetti” raqamini anglatishini aytdi. Shunday qilib, 7 raqamli qora-qizil mayka Shevchenkoga tegdi, “Sheva” laqabi esa haligacha qolgan.

 

Chiapasning “Yaguar”idan bo’lgan Adolfo Bautista ismli 1 raqami ostidagi o’yinchisiga Gvadalaxar “Deportivo”si uchun Meksika Futbol Federatsiyasining maxsus ruxsatnomasi orqali 100 raqami ostida o’ynashga ruxsat etilgan. 1978 va 1982 yillardagi Jahon chempionatlarida Argentina nomerlar bilan ko’p bosh qotirmaslik uchun, raqamlarni alifbo tartibida tarqatib chiqqan, shuning uchun1 raqami qaysidir ishtirokchiga o’tib ketgan.

 

Bazan futbolchilarning raqamlari turli yubileylarni anglatgan. Misol uchun, 1996/97 mavsumda meksika “Monterrey”i uchun 400 raqami ostida Xesus Arrelano ishtirok etgan. Hammasi oddiy – usha yili futbolchining ona shahri 400 yoshga to’lgan edi. Orqasida xuddi shunday raqam bilan “Goyas” uchun bo’lgan to’rt yuzinchi matchini braziliyalik darvozabon Xarli nishonlagan. Avstriyalik futbolchi Andreas Xersog esa, milliy jamoa tarkibidagi yuzinchi matchini 100 raqami ostida nishonlagan. Biroq bularning bari do’stlik o’yinlaridagi mustasnolar ko’rinishidadir.

Pele o’zining10 raqamini qiziq tasodif tufayli olgan. Braziliya futbol federatsiyasi o’z futbolchilarini 1958 yil mundialiga kuzatayotib, ularga raqam berishni, shunchaki unutib qo’yishgan. FIFAga qo’llanma bilan borgan Braziliya federatsiyasining urugvaylik vakili Lorenso Vilissio muammoni joyida hal qilgan. U o’yinchilarga xohlaganicha raqamlarni yozib tashlagan. Futbolni deyarli tushunmaydigan va Braziliya terma jamoasi o’yinchilarini tanimaydigan ushbu vakil sababli, golkipper Jilmar 3 raqamini olgan, afsonaviy Pele esa – 10.

 

https://odam.uz/Qiziqarli/futbol-futbolkalaridagi-raqamlar-haqida-qiziqarli-faktlar